Agar Er shari aholisi 10 mlrd.ga etsa go`sht mahsulotlarini etkazib berish uchun chuchuk suv etishmaydi, deya xabar qilmoqda Segodnya nashri.
Go`sht resurslarni o`ziga “yutib” oladi, deya xulosa qilmoqda jahon hamjamiyati olimlari. Masalan, 1 kg. mol go`shti etishtirish uchun 38 kg. em-xashak va 4 ming litr suv ketadi. Ya`ni odamlar orasidagi ochlik muammosini bartaraf etishga nisbatan chorva mollariga 20 marta ko`proq ozuqa ketadi.
Shuning uchun olimlar muammoning yangi echimi – “probirka go`shti”ni o`ylab topishdi. Ya`ni endilikda go`sht mahsulotlari sun`iy ravishda etishtiriladi. Hozircha bunday go`shtdan tayyorlangan ilk gamburger 325 ming dollar deya baholanmoqda.







