1

“Sevol” kemasi egasining ayoli qo`lga olindi

Dunyo 21.06.2014, 12:11
“Sevol” kemasi egasining ayoli qo`lga olindi

Janubiy Koreya polisiyasi aprel oyida cho`kib ketgan “Sevol” kemasi egasining turmush o`rtog`ini qo`lga oldi. Bu haqda Renxap agentligi xabar bermoqda.

16 aprel kuni halokatga uchragan kema bortida 476 nafar yo`lovchi bo`lgan. ulardan 300 nafar halok bo`lgan.

Ayol o`zining Seul shahri tashqarisidagi uyida qo`lga olingan. Polisiya 72 yoshli Kvon Yon Chja qochib ketgan milliarder Yu Ben Inni topishga yordam beruvchi ma`lumotlarga ega deb hisoblamoqda. Qochib ketgan milliarder haqidagi ma`lumotga hukumat 500 ming AQSh dollari mukofot puli va`da qilmoqda.

Yu Ben In o`ziga tegishli bo`lmagan mulkni  o`zlashtirishda va soliqdan qochishda ayblanmoqda.

Avvalroq, “Sevol” kemasi tegishli bo`lgan kompaniya bosh direktori Kim Xan-Siki ularning extiyotsizligi tufayli kema halokatga uchragani to`g`risidagi ayblovni inkor qilgan edi. Prokuratura esa “Chonxechjin” kompaniyasini foydani ko`paytirish maqsadida, me`yordan ortiq yuk ortganlikda ayblamoqda.  

Eslatib o`tamiz, bortda 476 kishi bo`lgan "Sevol" yo`lovchi kemasi 16 aprel kuni halokatga uchragan. Ulardan 325 nafari Chejudo oroliga sayohatga otlangan maktab o`quvchilar edi. So`nggi xabarlarga ko`ra, 300 nafarga yaqin kishi halok bo`lgan, yana o`nlab kishilar bedarak yo`qolgan deb hisoblanmoqda. Kema qulashi ishi yuzasidan 20 kishi qo`lga olingan. Shu qatorda, halokatda omon qolgan ekipaj a`zolari ham. Ular yo`lovchilar o`limidagi ayblarini inkor etishmoqda.

Shuningdek, iyun oyi boshida Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe “Sevol” yo`lovchi kemasi halokati sababli 7 nafar vazirni iste`foga chiqargan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1