Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova Turkiyaning Istambul shahrida o`tkazilgan turnirda bosh sovrinni qo`lga kiritdi.
Xalqaro tennis federasiyasi tomonidan o`tkazilgan turnirda Sabina rossiyalik Elena Ribakinani finalda 7:6, 6:4 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.






