AsosiySport

Mamlakatimizning eng mohir chavandozlari saralandi

'Mamlakatimizning eng mohir chavandozlari saralandi'ning rasmi

Poytaxtimizda ot sportining konkur yo`nalishi bo`yicha kattalar o`rtasida O`zbekiston chempionati bahslari o`tkazildi.

Unda 7 yosh va undan katta otlar uchun — 150 sm to`siqlardan o`t sakratishda Umid Komilov "Chikabo” laqabli oti bilan bbrinchi o`rinni qo`lga kiritgan bo`lsa, Oqil Sobirjonov "Demilion”, Nurjan Tuyoqboev “King Kornet L” oti bilan ikkinchi va uchinchi o`rinlarni egalladi.
5-7 yoshli otlarni 130 sm to`siqlardan sakratish bahslarida Vladimir Shmelevning “No neym” laqabli otiga teng keladigani topilmadi.

Umumjamoa hisobida Toshkent shahri jamoasi birinchi pog`onadan joy oldi. Ikkinchi va uchinchi o`rinlardan Namangan hamda Andijon jamoalari joy oldi.

    Boshqa yangiliklar