AsosiyJamiyat

Qo`qonda og`irligi 13,5 kilogrammga teng oltin topildimi?

Shu kunlarda Farg`ona viloyati Qo`qon shahri suvoqova xodimlari shaharning eski qismda kanalizasiya quvirlarini almashtirish ishlari vaqtida og`irligi 13,5 kg bo`lgan oltin quymasini topib olgani haqida xabarlar paydo bo`ldi. 

Ayrim elektron saytlarning tarqatgan xabarlariga ko`ra, oltin  to`rtburchak g`isht shaklida bo`lgan. Unining sirtidadagi bitiklarga to`la aniqlik kiritilmagan va u ko`p vaqt er ostida saqlanib turgan. 

Xabarlarda yozilishicha oltinni topib olgan besh nafar ishchi  oltinni mutasaddi  idoralarga  topshirishgan. 

Biz bu xabarlarni tasdiqlash maqsadida Farg`ona viloyati hokimligi bilan  bog`landik.
Ammo, hokimlik vakillari  ushbu voqea haqida hech qanday ma`lumot  yo`qligini aytishdi.

    Boshqa yangiliklar