Favqulodda vaziyatlar vazirligining tezkor raqamiga fuqaro S.Gaibova tomonidan kelini Yu.Sergeevaning Rossiya Federasiyasi Sankt-Peterburg shahrida vafot etgani va uning jasadini O`zbekiston Respublikasiga olib kelishda amaliy yordam so`rab murojaat qilgan. Ushbu holat yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarga ma`lumot etkazildi, Rossiya hamda O`zbekiston hududlarida bir qator tadbirlar amalga oshirildi.
O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi «O`zbekiston havo yo`llari» milliy aviakompaniyasi hamda Toshkent viloyati hokimligining birgalikda amalga oshirgan tashkiliy tadbirlar natijasida marhumning jasadi Rossiya federasiyasidan olib kelindi.

Sog`liqni saqlash vazirligining maxsus avtomashinasida jasad xalqaro aeroportdan Toshkent viloyatining Yangiyo`l tumaniga, yaqin qarindoshlariga etkazildi.
Dafn marosimlari mahalliy hokimlik organlari bilan birgalikda tashkillashtirildi.






