1

25 yil oshqozonida flomaster bilan yashagan ayol jarrohlik stoliga yotdi

Dunyo 21.06.2014, 23:46
25 yil oshqozonida flomaster bilan yashagan ayol jarrohlik stoliga yotdi

76 yoshli Britaniyalik ayolning oshqozonidan 25 yillik flomaster jarrohlik amaliyoti yo`li bilan olib tashlandi. Bu haqda afischa.info sayti xabar beradi.

Shifokorlar ayolning oshqozonida uzoq yillar davomida saqlangan flomasterning haligacha foydalanish uchun yaroqli ekanidan hayratga tushishmoqda.

Aslida oshqozondagi “topilma”ni aniqlashga ayolning keskin ozib ketishi sabab bo`lgan. Bu holatdan shikoyat qilgan ayol oshqozonini UZI yordamida tekshirgan shifokorlar uning ichagida uzun va tekis bir narsa borligini aniqlashadi. Flomaster jarrohlik yo`li bilan olib tashlangandan keyingina, 76 yoshli ayol bundan 25 yil avval qora rangdagi flomasterni yutib yuborgani esladi.


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1