1

1942 yilgi “Oskar” haykalchasi sotuvga qo`yiladi

Dunyo 22.06.2014, 00:05
1942 yilgi “Oskar” haykalchasi sotuvga qo`yiladi

AQSh kinoakademiyasining 1942 yilgi “Oskar” haykalchasi Ist-Grinvich shahridagi Briarbrook auksionida sotuvga qo`yiladi, deya xabar beradi news.day.az.

Sotuvga qo`yilgan ushbu haykalcha “Mening sevgan qizim Sel” filmining art-rahbari Jozef Raytga berilgan edi.

Odatda bunday haykalchalar sotuvga juda kam holatlarda chiqadi.

1950 yildan e`tiboran “Oskar” haykalchasini qo`lga kiritgan shaxslar yoki ularning merosxo`rlari haykalchani sotuvga qo`yishdan avval uni Kinoakademiyaga 1 AQSh dollariga olishni taklif qilishlari haqidagi hujjatni imzolashlari lozim.

Eslatib o`tamiz, Rayt 92 yoshida Kaliforniyada olamdan o`tgan.


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1