Yaponiyaning mashhur nashri - “Asahi Shimbun” gazetasining ijodiy jamoasi joriy yilning 28 aprel – 6 may kunlari Qoraqalpog`istonda ijodiy safarda bo`ladi. Bu haqida Qoraqalpog`iston axborot agentligi xabar bermoqda.
Tashrifdan maqsad – Orol dengizi haqida reportaj tayyorlash, shu jumladan Orolbo`yining ekologik ahvolini o`rganish, hududdagi muammolarni echishda Yaponiya hukumati bilan xalqaro hamkorlik, shuningdek, donorlik tashkilotlar bilan ilmiy-akademik hamkorlik doirasida Yaponiya hamjamiyatining diqqat-e`tiborini
ushbumuammolarni echishga qaratish hamda kelgusida grant va texnik mablag`larni jalb qilishni yo`lga qo`yishdir.
Yaponiyadagi eng yirik uchta nashrning biri hisoblangan “Asahi Shimbun” gazetasi (1879 yildan boshlab chiqib boshlagan)ga kelgusi yili 140 yil to`ladi. Sakkiz million nusxada chop qilinadigan gazeta o`z sahifalarida (http://www.asahi.com) Yaponiyaning, shuningdek, dunyo davlatlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy-gumanitar sohalaridan materiallar tayyorlaydi.
Eslatib o`tamiz, yaqinda Buyuk Britaniyaning jahonga taniqli VVS teleradiokorporasiyasining butun dunyo xizmati ijodiy jamoasi ham Orol muammosi haqidagi qisqametrajli filmni suratga olgan edi.
17.04.2018 04:51
Yaponiyaliklar Orol dengizi haqida material tayyorlaydi






