Rossiya Tojikiston fuqarolari uchun mamlakatga kirish tartib talablarini oshirdi

Dunyo 23.06.2014, 13:37
Rossiya Tojikiston fuqarolari uchun mamlakatga kirish tartib talablarini oshirdi

Rossiya Federasiyasi bosh vaziri Dmitriy Medvedev “Tojikiston Respublikasi fuqarolarining Rossiyaga kirishi va chiqishi haqidagi hujjatlarni o`zgartirish” to`g`risidagi qarorga imzo chekdi.  

Hujjat Rossiya hukumati rasmiy saytida chop etilgan. Qonun loyihasi Rossiya  federal migrasiya xizmati tomonidan tayyorlangan. 

2014 yilning 17 iyun kuni qabul qilingan qarorga ko`ra, Rossiyaga kirish va chiqish uchun Tojikiston fuqarolari chet el pasporti (biror mamlakatdan boshqa mamlakatga borish uchun beriladigan maxsus pasport), xizmat, diplomatik pasport, dengizchi pasporti va Tojikiston Respublikasiga qaytish to`g`risdagi  guvohnomaga ega bo`lishlari lozim bo`ladi. Bu haqda ITAR-TASS xabar bermoqda. 

Rossiya Federasiya hukumatining 2005 yil 21 sentyabrdagi qaroriga ko`ra, Tojikiston fuqarolari Rossiya hududiga Tojikiston Respublikasi fuqarolik pasporti va tug`ilganlik haqida guvohnoma bilan kirishlari mumkin bo`lgan. Ushbu qaror hozirda o`z kuchini yo`qotdi.
Rossiya hukumatiga MDH mamlakatlari bilan 2015 yil oxiriga qadar fuqarolarning chet el pasporti orqali Rossiyaga kirish va chiqishini ta`minlab berilishi to`g`risida muzokaralar o`tkazish buyurildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1