AsosiyDunyo

AQSh bilan ziddiyat Xitoy iqtisodiyotiga ta`sir qilmaydi

'AQSh bilan ziddiyat Xitoy iqtisodiyotiga ta`sir qilmaydi'ning rasmi

RIA Novostining yozishicha, Xitoy davlat statistika byurosining umumiy statistika va milliy iqtisodiyot bo`limi boshlig`i Sin Chjixun AQSh bilan savdo ziddiyati mamlakat iqtisodiyotiga ta`sir qilmasligini ma`lum qilgan.

“Ko`p yillar davomida Xitoy iqtisodiyoti jadal rivojlanib, barqarorlik va mustahkamlik kasb etdi. Shu boisdan ham Qo`shma Shtatlar bilan savdo-sotiq borasidagi qarama-qarshiliklar davlatimiz iqtisodiyotining o`sish sur`atlariga ta`sir qilmaydi. Xitoy iqtisodiyoti egiluvchan, u har qanday o`zgarishlarga tez moslashadi”, degan Sin Chjixun bugun o`tkazilgan brifingda.

U shuningdek, Amerikaning bir tomonlama proteksionizmi butun dunyoni xavotirga solganini qo`shimcha qilib, Xitoy AQSh uchun hal qiluvchi choralarni ko`rib qo`yganini ta`kidlagan.

Eslatib o`tamiz, avvalroq AQSh o`z mahsulotlarining intelektual huquqlari Pekin tomonidan buzilayotganini ro`kach qilib, Xitoyning 1,3 ming nomdagi tovariga import bojlar miqdorini oshirgan edi. Shu yo`l bilan Vashington Xitoy bilan ko`p milliardlik savdo defisitini kamaytirishga erishmoqchi. Bundan tashqari AQSh Prezidenti Xitoy mahsulotlarining import bojlari miqdorini 100 milliard dollarga oshirish imkoniyatlarini aniqlash bo`yicha ko`rsatma berdi. Bunga javoban Xitoy Davlat kengashi Amerikaning 106 nomdagi mahsulotiga 25 foizlik import bojini kiritish bo`yicha qaror qabul qildi. Mazkur hujjat Vashington tomonidan Xitoyning boshqa mahsulotlariga ham yangi bojlar qo`yilishi e`lon qilinishi bilan kuchga kiradi. Qarordagi tovarlar ro`yxatida soya, avtomobillar, samolyotlar, kimyoviy mahsulotlar ham bor bo`lib, birgina shularning o`zi o`tgan 2017 yilda Qo`shma Shtatlarga 50 milliard dollar olib kelgan.

    Boshqa yangiliklar