Misr universiteti professori daydi bolalar ustidan mudhish hukm chiqardi

Dunyo 23.06.2014, 15:11
Misr universiteti professori daydi bolalar ustidan mudhish hukm chiqardi

Misr universiteti professori Soxaga Nassar Abdula uysiz bolalar muammosini Braziliya kabi echishni taklif qilmoqda.

90-yillarda  Braziliyada ko`chalarni tozalash deya yuzlab uysiz bolalarni  otib tashlashgan. Bu haqda "RIA Novosti" xabar bermoqda. 

"90 yillarda Braziliyada qarovsiz bolalar mamlakatda tartibsizliklar keltirib chiqarishgan, jinoyat, o`g`irlik, foxishalik va qotilliklar soni ko`payib ketgan. Braziliyadagi iqtisodiy holat xuddi hozirgi Misrdagidek edi",-deya yozadi professor o`z maqolasida. 
Maqola katta shov-shuvga sabab bo`lgach, internet tarmog`idan o`chirib tashlandi. 

Misrda uysiz bolalar muammosi bilan shug`ullanuvchi mutaxassis Nelli Ali professorni tanqid qildi. 

"Ko`cha bolalari - muammosi faqat jamiyatning muammosi emas, bu ijtimoiy masalalarni  hal qila olmayotgan kuchsiz hukumatniki hamdir",-dedi Nelli Ali.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1