Shu yil 1 maydan boshlab Toshkent shahri bo`yicha sovuq suv uchun yangi tariflar joriy etiladi. Bu haqda “Suvsoz” korxonasi ma`lum qildi.
Unga ko`ra, suv ta`minoti bo`yicha 1 kub metr uchun 245 so`m, oqova suv bo`yicha 1 kub metr uchun 210 so`m narx belgilandi. Narxlar QQSsiz ko`rsatilgan.
Ma`lum qilinishicha, 2018 yil uchun Toshkent shahrida iste`molchilar uchun ichimlik suv ta`minoti xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq miqdori 1 kub metr uchun 100 so`mdan olinadi.