AsosiyJamiyat

O`zbekiston yoshlari xalqaro tanlovda ishtirok etdi

'O`zbekiston yoshlari xalqaro tanlovda ishtirok etdi'ning rasmi

Fransiyaning Parij shahrida "Salyut talantov" loyihasi doirasida “Parij, men seni yaxshi ko`raman!” shiori ostida o`tkazilgan bolalar va yoshlar XXVII xalqaro san`at festival-tanlovida o`zbekistonlik yoshlar ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi, deb xabar bermoqda O`zA.

Ko`plab davlatlardan vakillar qatnashgan xalqaro san`at festivalida mamlakatimizdan poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 25- hamda Sergeli tumanidagi 21-musiqa va san`at maktablari o`quvchilari ishtirok etdi.

–Maktabimizda san`atning 10 yo`nalishi bo`yicha 324 nafar o`quvchi tahsil oladi, – deydi Olmazor tumanidagi 25-bolalar musiqa va san`at maktabi direktori, "Shuhrat" medali sohibasi Xolida Xolmatova. –O`quvchilarimiz mamlakat va xalqaro miqyosda o`tkaziladigan turli festival, tanlov va ko`riklarda muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqda. Bu yil ham Parijdagi xalqaro festivalda ishtirok etishga muyassar bo`ldik. O`quvchilarmizning milliy raqs, yog`och o`ymakorligi, doira, dutor, saksafon va pioninadagi chiqishlari yuqori baholandi.

2.jpg

–Bolalagimdan yog`och o`ymakorligiga qiziqaman, – deydi tanlov ishtirokchisi Fazliddin Nizomiddinov. – 2015 yildan buyon ustozim Fazliddin Muhitdinovdan o`ymakorlik sirlarini o`rganib kelmoqdaman. Shu yil mart oyida Parijda o`tkazilgan xalqaro ko`rik-tanlovda ushbu yo`nalishdagi ishlarim bilan qatnashib, yuqori natijalarga erishdim. Dunyoning turli davlatlaridan yoshlar qatnashgan festivalda yog`och o`ymakorligi va undagi ish uslublari haqida mahorat darsi o`tib berganim ishtirokchilarda katta qiziqish uyg`otdi. Yutuqlarimda mamlakatimizda biz, yoshlarning o`z iste`dod va salohiyatimizni keng namoyon etishimiz uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar muhim omil bo`lmoqda.

7.jpg

Bunday yoshlar o`z iste`dodi bilan nafaqat yurtimiz yoshlariga o`rnak bo`lmoqda, balki O`zbekiston yoshlari hech bir sohada hech kimdan kam emasliklarini isbotlamoqda.

    Boshqa yangiliklar