AsosiyJamiyat

Toshkent viloyati YHXB: 180 fuqaroga ma`muriy chora ko`rishi mumkin

'Toshkent viloyati YHXB: 180 fuqaroga ma`muriy chora ko`rishi mumkin'ning rasmi

Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi YHXB xodimlari tomonidan haftaning har payshanbasida amalga oshirilayotgan jinoyatchilikka qarshi kurash va profilaktika kuni tadbirlari yaxshi samara bermoqda. Pirovardida, viloyatda yo`l transport hodisasi soni kamayishiga erishilmoqda.

Viloyat YHXB matbuot xizmatining O`zAga bergan xabariga ko`ra, yaqinda piyodalar, xususan bolalar ishtirokidagi yo`l-transport hodisalarining oldini olish, ularning yo`l harakati qoidalariga rioya etishini nazorat qilish maqsadida “Diqqat bolalar!” va “Diqqat piyoda!” profilaktik tadbiri o`tkazildi.

Unda transport vositasi serqatnov yo`llarga yaqin joylashgan ta`lim muassasalari yaqinida yo`l patrul xizmati inspektorlari piyodalar o`tish joylariga biriktirilib, harakat xavfsizligini ta`minlash bilan bir qatorda, o`quvchilarning yo`l harakati qoidalari to`g`risida bilimlarini oshirish maqsadida tushuntirish-targ`ibot ishlarini olib bordi. Shu maqsadda jami 120 dan ortiq suhbatlar o`tkazildi.

Tadbir doirasida qoidabuzarlik sodir etgan piyodalar aniqlandi. Xabarda O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 138-moddasi talablari bo`yicha 180 ma`muriy chora ko`rish belgilangani aytilgan.

0001.jpg

    Boshqa yangiliklar