Shotlandiya qirollik banki ben Laden oilasiga xizmat ko`rsatgan

Dunyo 23.06.2014, 15:49
Shotlandiya qirollik banki ben Laden oilasiga xizmat ko`rsatgan

Shotlandiya qirollik banki ben Laden oilasining hisob raqaminiga xizmat ko`rsatgan, bu haqda Wall Street Journal  gazetasi Germaniya huquqni muhofaza qiluvchi organlariga tayanib xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, o`tgan yili Germaniya bojxona xizmati Shotlandiya qirollik bankiga tegishli bo`lgan hujjatlarni musodara qilgan.  O`tkazilgan tekshiruvlardan so`ng, moliyaviy tashkilot mijozlari orasida ben Laden oila a`zolari borligi ma`lum bo`ldi.

Bank esa ushbu xabarlarni rad etmoqda. “Biz hech qachon Usama ben Laden va uning oila a`zolarining moliyasi bilan shug`ullanmaganmiz”,-deyiladi bankning rasmiy xabarida.

Eslatib o`tamiz, 2001 yil 11 sentyabrida Nyu-Yorkdagi qo`poruvchiliklar tashkilotchisi deb hisoblangan, “Al-Qoida” etakchisi Usama ben Laden  2011 yili Pokistondagi Abbottabod shahrida AQSh maxsus xizmati tomonidan o`ldirilgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1