16-aprel kuni Xo`jayli tumanida “Turon” madaniyat va istirohat bog`i ochildi. Bu haqda Kruz.uz nashri xabar bermoqda.
Xo`jayli tumani, Mustaqillik ko`chasi bo`yida joylashgan “Turon” madaniyat va istirohat bog`iga Xitoyning Guanjou shahridan 10 ta zamonaviy atraksion olib kelindi.
Hozirda tuman aholisi, yoshlar madaniyat va istirohat bog`ida maroqli dam olishmoqda.











