1

Afg`onistonda ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash rejalashtirilmoqda

Dunyo 23.06.2014, 18:06
Afg`onistonda ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash rejalashtirilmoqda

Afg`onistonda prezidentlik saylovlari vaqtida ijtimoiy tarmoq turli siyosiy va milliy guruhlar o`rtasidagi jang maydoniga aynlandi.

Shu sababli mamlakat hukumati prezidentlik saylovlari  yakuniga qadar ayrim internet-resurslariga kirish imkoniyatini yopib qo`ymoqchi.

“Ijtimoiy tarmoq millatlar o`rtasidagi urush maydoni sifatida emas, yaxshi maqsadlar yo`lida xizmat qilishi kerak. Birgina kamsitish katta fojealarga olib kelishi mumkin”,-deydi Afg`oniston parlament deputati Anar Kali Xunaryar.

Facebook ijtimoiy tarmog`ining faoliyatini cheklashga ko`pgina afg`onistonlik qonun ishlab chiqaruvchilar ovoz berishdi. Bunga ko`pgina davlat xizmatchilari, siyosatchilar va oddiy fuqarolarning murojaati sabab bo`lgan.   Shuningdek, hukumat alohida foydalanuvchilar uchun jazo ham ishlab chiqmoqchi.  Ular qoidalarni buzgan internet foydalanuvchisiga jarima va hatto qamoq jazosini joriy qilish niyatidalar. Prezidentlik saylovlari natijasi 22 iyul kuni e`lon qilinishi rejalashtirilgan.

Eslatib o`tamiz, 14 iyun Afg`onistonda prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo`lib o`tgan. Davlat rahbari lavozimi uchun tashqi ishlar sobiq vaziri Abdulla Abdulla va moliya sobiq vaziri Ashraf G`ani Axmadzay   kurashmoqda. Ular birinchi turda 45,0 foiz va 31,6 foiz ovoz to`plashgan.    

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1