Vazirlar Mahkamasida o`tkazilayotgan jamoat ishlariga majburiy jalb qilishni taqiqlash, bu borada rahbarlar mas`uliyatini oshirishga bag`ishlangan yig`ilishda bir qator mansabdor shaxslarga hayfsan berildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Chunonchi, Andijon viloyati hokimining o`rinbosari Rahmonov va Andijon shahar hokimi Rahmatullaevga sog`liqni saqlash, ta`lim sohasi vakillarini ko`chalarni obodonlashtirish maqsadida o`z hisoblaridan qimmat gul ko`chatlarini sotib olishga majburlagani uchun hayfsan e`lon qilindi.






