AsosiyJamiyat

Toshkent shahar hokimi hududda yo`l qo`yilayotgan ko`zbo`yamachilik, puxta o`ylanmay qilinayotgan ishlar haqida gapirdi

'Toshkent shahar hokimi hududda yo`l qo`yilayotgan ko`zbo`yamachilik, puxta o`ylanmay qilinayotgan ishlar haqida gapirdi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasida jamoat ishlariga majburiy jalb qilishni taqiqlash, bu borada rahbarlar mas`uliyatini oshirishga bag`ishlangan yig`ilish yakunlari Toshkent shahar hokimligida muhokama qilinmoqda, deb xabar bermoqda O`zA.

Unda Toshkent shahar hokimi hududda ko`zbo`yamachilik, puxta o`ylanmay qilinayotgan ishlar haqida gapirdi.

– Bugungi videoselektor yig`ilishidagi gaplardan to`g`ri xulosa qilishimiz kerak. Unda ochiq, alamli, iztirobli gaplar bo`ldi. Birgina misol, turli korxona va sanoat ob`ektlarini qurish bo`yicha loyihalar ishlab chiqilayotganda shoshmashosharliklarga yo`l qo`yilmoqda. Birgina misol, ayrim qo`shtirnoq ichidagi ishbilarmonlar 6 oyda zavod qurib beramiz demoqda. Barakatopgur bu muddat ichida ular taqdim etayotgan korxona qurilishi uchun tamal toshi qo`yilishi mumkin. Shunday ekan biror dastur ustida ishlayotganda biz o`z kelajagimizni qurayotganimizni unutmaylik, – dedi Toshkent shahar hokimi.

Shuningdek, yig`ilish davomida davlat hokimiyatining ochiqligini ta`minlashda OAV vakillari bilan faol hamkorlikni yo`lga qo`yish yuzasidan topshiriqlar berildi.

    Boshqa yangiliklar