Samarqand viloyatining Pastdarg`om tumanida 16 aprel kuni soat 06.00larda, noma`lum shaxs fuqaro M.J.ning uyiga ochiq qolgan deraza orqali kirib, uy egasining chap son qismiga pichoq bilan urib jarohat etkazadi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Bosqinchi M.Jning qulog`idagi ziragi va 2 dona mobil telefonlarini olib, voqea joyidan yashiringan.
Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chimboy mahallasida yashovchi, 1991 yilda tug`ilgan F.N. sodir etganligi aniqlanib qo`lga olingan.






