O`zbekiston poytaxti rossiyalik turistlar uchun bahorgi sayohat uchun eng mashhur o`nta shahardan biri sifatida e`tirof etildi.
Reyting 2018 yilgi ko`klamgi sayohatlar mashhurligi tahlili natijalari asosida tuzildi. Unda Minsk(Belarus), Ostona(Qozog`iston) va Baku(Ozarbayjon) dastlabki uchta o`rinni egalladi.
Toshkent shahri esa oltinchi o`rinda qayd etildi. Undan so`ng ro`yxatdan Kishinyov (Moldoviya), Bishkek (Qirg`iziston), Dushanbe (Tojikiston) va Ashxobod (Turkmaniston) joy olgan.
Agentlik ma`lumotlariga ko`ra, turistlar bahor mavsumida MDH shaharlariga, o`rtacha olganda, uch kunga keladi va yashash hamda ovqatlanish uchun bir kecha kunduzda 65 AQSh dollari sarflaydi. Toshkent, Kishinyov, Bishkek turlarning arzonligi bo`yicha, Ostona va Baku esa qimmatligi bo`yicha etakchiga aylandi.






