Rossiyaning Shimoliy Koreyadagi elchisi Aleksandr Masegora chegaraviy hududlardagi yadroviy sinovlar borasida Rossiya KXDR bilan murosa qila olmasligini ma`lum qildi.
“KXDR chegaradosh davlatlar manfaatlarini hisobga olgan holda mamlakat xavfsizligini ta`minlash masalasini hal qilishi va bu qo`shnilarni xatarga qo`yish evaziga bo`lmasligi lozim. Moskva shunday hisoblaydi”, degan u Primore jamoatchilik televideniesiga bergan intervyusida.
Elchi ta`kidlaganidek, Shimoliy Koreyaning reketa-yadroviy dasturi Rossiya uchun ham yirik va dolzarb muammo. KXDRning yadroviy sinovlar o`tkazilayotgan poligoni Vladivostokka yaqin masofada joylashgan.
“Biz KXDRlik hamkorlarimizga yadroviy sinovlar bizni quvontirmasligi, ma`qul ham emasligini ochiq aytamiz. Bizning pozisiyamiz shunday - qo`shnilarni xatarga solish evaziga o`z xavfsizligini ta`minlash mumkin emas. Poligonga Vladivostok yaqin joylashgani hisobga olinishi lozim. Biz Shimoliy Koreyaning yadroviy sinovlariga ko`z yuma olmaymiz”, degan yana Aleksandr Masegora.
Elchining qo`shimcha qilishicha, Shimoliy Koreyaga joriy etilgan xalqaro sanksiyalarni qo`llab-quvvatlashga Rossiyaning bundan boshqa sabablari yo`q.
18.04.2018 12:12
Rossiya yadroviy sinovlar borasida Shimoliy Koreya bilan murosa qila olmaydi






