1

O`zbekistonda tizza bo`g`imlarini davolashning yangi usuli kashf qilindi

Salomatlik 25.06.2014, 06:53
O`zbekistonda tizza bo`g`imlarini davolashning yangi usuli kashf qilindi

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining travmatologiya-ortopediya ilmiy tadqiqot institutining bir qator hodimlari tomonidan tizza bo`g`imlaridagi bukiluvchi nuqtalarni davolash bo`yicha yangi jarrohlik amaliyoti usul taklif qilindi. Bu xaqda uz24.uz sayti xabar beradi.

Tizza bo`g`imlaridagi nuqsonlar jarohat oqibatida paydo bo`lishi yoki tug`ma orttirilgan bo`lishi ham mumkin. Shu asnoda kashfiyot tibbiyotda va travmatologiyada, xususan tizza bo`g`imlarining egiluvchanlini ta`minlashda katta ahamiyat kasb etadi.

Jarrohlik yo`li bilan amalga oshiriladigan ushbu amaliyotda tizza bo`g`imining jarohatlangan joyi harakat chog`idagidek holatda tikiladi. Bu esa o`z o`rnida tizza bo`g`imlarda asoratlarning qolishini oldini oladi.

Kashfiyot mualliflari Murod Irismetov va Mirzohid Rasulovlar ushbu ixtiro uchun № IAP 04870  patentini qo`lga kiritishdi.


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1