Samarqand viloyati Perinatal markazi shifokori G`iyosiddin Kichkinashakarov pora olayotganida qo`lga olindi, deb xabar bermoqda "Zarafshon" nashri.
"Tibbiyot xodimi bemorga jarrohlik amaliyotini o`tkazganini aytib, 800 ming so`m talab qilgan", - deyilgan xabarda.
Shifokor pullarning 300 ming so`mini olayotganida qo`lga olingan.
Dalillar asosida jinoiy ish qo`zg`atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.






