AsosiyJamiyat

Hashar yo`li bilan ehtiyojmand aholi tomorqasiga turli ko`chatlar ekildi

'Hashar yo`li bilan ehtiyojmand aholi tomorqasiga turli ko`chatlar ekildi'ning rasmi

Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi “Shodmalik” mahalla yashovchi M.Hasanova turli oilaviy muammolar, yosh bolalariga yolg`iz o`zi qaragani tufayli bu yil tomorqaga ekin ekishni kechiktirib yubordi. O`zLiDeP faollari va deputatlar oilaviy sharoitini ko`rib, moddiy yordam berishdi. Hashar yo`li bilan tomorqadagi 5 sotix erga pomidor, kartoshka, piyoz va bulg`or qalampiri, turli mevali daraxt ko`chatlari ekildi, deb xabar bermoqda O`zA.

Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi “Shodmalik” mahalla fuqarolar yig`inida “O`zLiDePning obod ko`chalari” shiori ostida hashar aksiyasi tashkil etildi.

Prezidentimizning 2018 yil 29 martdagi “Obod qishloq” dasturi to`g`risida”gi farmoni hamda “Obod qishloq” dasturini 2018 yilda amalga oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori ijrosi doirasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlari, tuman hokimligi mas`ullari, “Yosh liberallar” klubi a`zolari ishtirok etdi.

Hasharda mahalla fuqarolar yig`inidagi kam ta`minlangan oilalarga moddiy yordam ko`rsatilib, xonadonlar, yo`llar tartibga keltirildi. Ko`chalar bo`ylab mevali va manzarali daraxtlar, gul ko`chatlari o`tqazildi.

Aksiya davomida yolg`iz yashaydigan keksalar tomorqalari ag`darilib, ekin ekishga tayyor holga keltirildi. Kam ta`minlangan xonadonlar tomorqasiga 2 ming tup turli sabzavot ko`chatlari, 200 dan ortiq mevali va 100 tup manzarali daraxt ko`chatlari ekildi.

    Boshqa yangiliklar