AsosiyDunyo

Qirg`iziston tarixidagi yigirma to`qqizinchi bosh vazir iste`foga chiqmoqda

'Qirg`iziston tarixidagi yigirma to`qqizinchi bosh vazir iste`foga chiqmoqda'ning rasmi

Qirg`iziston Respublikasi prezidenti Sooronboy Jeenbekov hukumatni iste`foga chiqarish to`g`risidagi farmonni imzoladi.

Ma`lumotlarga qaraganda, hujjatga binoan, bosh vazir, bosh vazir o`rinbosarlari, hukumat a`zolari lavozimlarini egallagan shaxslar, vazirlar mahkamasining yangi tarkibi shakllanguniga qadar, ilgari egallab turgan lavozimlariga muvofiq, o`z xizmat majburiyatlarini bajarishda davom etadilar. Farmon imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi.

Sapar Isakov hukumati 2017 yil 26 avgustdan beri ishlab kelmoqda. Sapar Isakov bosh vazir lavozimida 2017 yil oktyabrda Qirg`iziston prezidenti etib saylangan Sooronboy Jeenbekovning o`rnini egallagandi.

Sapar Isakov mustaqil Qirg`iziston tarixidagi yigirma to`qqizinchi bosh vaziri bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar