1

Zarar bilan ishlayotgan 6 ta aviakorxona modernizasiya qilindi

Jamiyat 25.06.2014, 11:19
Zarar bilan ishlayotgan 6 ta aviakorxona modernizasiya qilindi

O`zbekiston Respublipkasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyundagi qarori bilan “O`zbekiston havo yo`llari” MAK negizidagi zarar bilan ishlayotgan korxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, aviatashuvlar hajmini oshirish va ularning moliyaviy faoliyat yuritishini ta`minlash maqsadida “yo`l xaritalari” dasturi tasdiqlandi.

Dastur doirasida aviatransport xizmatlarini ko`rsatuvchi korxonlarning moliyaviy barqarorligini oshirish yuzasidan bir qator vazifalar belgilandi. Dastur aviakompaniyaning 6 ta korxonasiga nisbatan tadbiq etiladi. Bu haqda Uzbekistan Today nashri xabar beradi. 

Xususan, ularga tegishli ishlab chiqarish maydonlarini optimallashtirish, korxonalarni modernizasiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash belgilangan.

Shu bilan birga, dasturga aviatashuvlar hajmini oshirish yuzasidan prognoz ko`rsatkichlari belgilangan bo`lib, unga ko`ra dastur doirasida yo`lovchi yuk hamdatranzit tashuvlar hajmini oshirish ham nazarda tutilgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1