AsosiyJamiyat

GM Uzbekistan o`z "xizmat"larini taklif etayotgan shaxslar va`dasiga ishonmaslikka chaqirdi

'GM Uzbekistan o`z "xizmat"larini taklif etayotgan shaxslar va`dasiga ishonmaslikka chaqirdi  'ning rasmi

GM Uzbekistan o`z "xizmat"larini taklif qilayotgan shaxslar va`dalariga ishonmaslikka chaqirdi.

"Avtomobil savdosi jarayonlarida noqonuniy mexanizmlarni ishlatilishi faktlari, shu jumladan avtomobil etkazib berilishi muddatlarini tezlashtirish vaji bilan o`rtakashlik bilan shug`ullanish to`g`risidagi ko`p sonli xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarda so`nggi kunlarda keng tarqalayotganligini inobatga olgan holda, GM Uzbekistan AJ o`zining barcha dilerlik korxonalarida shartnoma rasmiylashtirish va o`sha zahoti avtomobil egasiga aylanish imkoniyati mavjudligini rasman ta`kidlaydi. Bunday avtomobillarning modellari va dilerlik korxonalari kesimidagi to`liq ro`yhati bilan bizning rasmiy veb-saytimizda tanishishingiz mumkin (http://gmuzbekistan.uz/avto_za_45_minut). Ushbu ro`yxat kundalik ravishda yangilanib boriladi.

Sizga avtomobil etkazib berish uchun shartnoma rasmiylashtirishda yoki uning muddatlarini tezlashtirishga yordam berish yoki shu kabi boshqa «xizmat»larni taklif qilayotgan shaxslar va`dalariga ishonmaslikka chaqirib qolamiz. Avtomobil etkazib berish to`g`risidagi shartnomalar faqatgina ro`yhatga olingan rasmiy murojatlar (arizalar) asosida avtomatik tarzda yaratiladigan yagona elektron navbat bo`yicha amalga oshiriladi.

Avtomobil savdosiga doir koorupsion holatlar aniqlanganda Siz GM Uzbekistan AJning 147-14-14 raqamli yagona ishonch telefoniga yoki bevosita huquqni muhofaza qilish organlariga murojat qilishingizni so`rab qolamiz", — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar