1

Suy Tyankay: Savdo urushi Xitoy va AQSh munosabatlarini zaharlaydi

Dunyo 20.04.2018, 11:14
Suy Tyankay: Savdo urushi Xitoy va AQSh munosabatlarini zaharlaydi

Xitoyning Qo`shma Shtatlardagi elchisi Suy Tyankay XXR va AQSh o`rtasidagi savdo ziddiyatiga munosabat bildirdi.

“Savdo urushi nafaqat Xitoy va AQSh munosabatlarining umumiy atmosferasini zaharlab, ikki mamlakat o`rtasidagi o`zaro ishonchning buzilishiga sabab bo`ladi, balki dunyo iqtisodiyoti ravnaqiga ham salbiy ta`sir qiladi” degan Suy Tyankay.

Shu bilan birga elchi XXR har qanday savdo urushiga qarshiligi, ziddiyatni muzokara yo`li bilan echish tarafdori ekanligi, ammo, AQSh bundan keyin ham savdo urushida tashabbus ko`rsatsa, Xitoy unga munosib javob berishini ta`kidlagan.

Eslatib o`tamiz, avvalroq AQSh o`z mahsulotlarining intelektual huquqlari Pekin tomonidan buzilayotganini ro`kach qilib, Xitoyning 1,3 ming nomdagi tovariga import bojlar miqdorini oshirdi. Shu yo`l bilan Vashington Xitoy bilan ko`p milliardlik savdo defisitini kamaytirishga erishmoqchi. Bundan tashqari AQSh Prezidenti Xitoy mahsulotlarining import bojlari miqdorini 100 milliard dollarga oshirish imkoniyatlarini aniqlash bo`yicha ko`rsatma berdi. Bunga javoban Xitoy Davlat kengashi Amerikaning 106 nomdagi mahsulotiga 25 foizlik import bojini kiritish bo`yicha qaror qabul qildi. Mazkur hujjat Vashington tomonidan Xitoyning boshqa mahsulotlariga ham yangi bojlar qo`yilishi e`lon qilinishi bilan kuchga kiradi. Yaqinda esa Donald Tramp Xitoy mahsulotlari import bojlarining yillik miqdori 150 milliard dollarga chiqishi mumkinligidan ogohlantirdi. Pekin galdagi tahdidga yarasha javob bo`lishini, savdo ziddiyatida oxirigacha kurashishini ma`lum qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1