AsosiySport

Samarandda futbol bayrami: "Dinamo" "Xo`jand" va "Mash`al"ga qarshi o`yin o`tkazdi

'Samarandda futbol bayrami: "Dinamo" "Xo`jand" va "Mash`al"ga qarshi o`yin o`tkazdi'ning rasmi

Keyingi paytlarda O`zbekiston va Tojikiston Respublikalari o`rtasidagi do`stlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ikki davlat o`rtasida iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda hamkorlikni rivojlantirish maqsadida keng ko`lamdagi ishlar olib borilmoqda.

Ikki davlat prezidentlarining Dushanbedagi uchrashuvlarida belgilangan bir qator qaror va kelishuvlarning amaliy davomi sifatida Samarqand va Tojikistonning So`g`d viloyati hokimiyatlarining hamkorlik va o`zaro kelishuvlariga muvofiq, Samarqandda ikki viloyat o`rtasida biznes-forum, sanoat mahsulotlari ko`rgazmasi, madaniy dastur va futbol jamoalari o`rtasida o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazildi.

Xususan, 20 aprel kuni Samarqanddagi “Dinamo” stadionida xalqaro o`rtoqlik o`yini tashkil etildi.

Dasturga ko`ra, dastlab konsert dasturi boshlandi, el suygan xonanda va estrada qo`shiqchilari muxlislarni qo`shiqlari bilan xursand etishdi.

Shundan so`ng Samarqandning “Dinamo” hamda Xo`jand shahrining “Xo`jand” klublari o`rtasida o`rtoqlik uchrashuvi boshlandi.

Dinamo" - "Xujand": 2:2

    Boshqa yangiliklar