O`zbekiston Respublikasi voyaga etmagan fuqarolarining MDH mamlakatlariga chiqish tartibi e`lon qilindi. Bu haqda “O`zbekiston havo yo`llari” MAK rasmiy sayti xabar bermoqda.
Muvaqqat Yo`riqnomaga muvofiq O`zR 18 yoshga etmagan fuqarolarining MDH davlatlariga (Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Qozog`iston, Qirg`iziston) chiqishning quydagi tartibi belgilandi:
O`zbekiston Respublikasining 18 yoshga etmagan fuqarosi MDH davlatlariga kattalar hamrohligida chiqishi uchun uning biometrik pasporti bo`lishi va voyaga etmagan shaxsning bu biometrik pasportidagi ruxsat beruvchi yozuvda katta yoshli kuzatib boruvchi ko`rsatilgan bo`lishi kerak;
O`zbekiston Respublikasining 18 yoshga etmagan fuqarosi MDH davlatlariga kattalar hamrohligida chiqishi uchun uning biometrik pasporti va ota-onasi yoki vasiylarining (homiylarining) notarial tasdiqlangan roziligi bo`lishi kerak. Bunda vasiylar (homiylar) biometrik pasport bilan birga hokimning vasiylik (homiylik) tayinlanganligi haqidagi qarorini ham taqdim etadilar;
O`zbekiston Respublikasining 18 yoshga etmagan fuqarosi MDH davlatlariga onasi hamrohligida chiqishi uchun uning biometrik pasporti va otasining notarial tasdiqlangan roziligi bo`lishi kerak;
O`zbekiston Respublikasining 18 yoshga etmagan fuqarosi MDH davlatlariga otasi hamrohligida chiqishi uchun uning biometrik pasporti va onasining notarial tasdiqlangan roziligi bo`lishi kerak;
O`zbekiston Respublikasining 18 yoshga etmagan fuqarosi MDH davlatlariga hech kimning kuzatuvisiz chiqishi uchun uning biometrik pasporti va ota-onasi yoki vasiylarining (homiylarining) “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasiga notarial tasdiqlangan roziligi bo`lishi kerak;
O`zbekiston Respublikasining 15 dan 18 yoshgacha bo`lgan fuqarosi MDH davlatlariga hech kimning kuzatuvisiz chiqishi uchun uning biometrik pasporti va ota-onasi yoki vasiylarining (homiylarining) voyaga etmagan shaxsning mustaqil ravishda ketishi uchun notarial tasdiqlangan roziligi bo`lishi kerak.





