Garchi “Yulduzlar jangi” kinofranshizasining so`nggi filmida bosh qahramonlardan biri – Xan Solo vafot etgan bo`lsa-da, “Lukasfilm” ijodkorlari sevimli qahramonlari haqida yana bir film suratga oldi, deya ma`lum qilmoqda Kinopoisk.ru nashri.
Yangi filmda yosh kosmik qahramon Xan Solo va uning sodiq do`sti Chubakkaning sarguzashtlari haqida so`ylanadi. “Xan Solo. Yulduzlar jangi: Hikoyalar”da ikkovlonning qay tarzda Galaktikaning eng tezuchar uchuvchilariga aylanganlarini ko`rishimiz mumkin.
Fantastika, fentezi, jangari, sarguzasht janrlarida suratga olingan ushbu film kelgusi oyda katta ekranlarga chiqariladi.
Bosh rollarda: Olden Erenrayk hamda Emili Klark.