AsosiyDunyo

Shahzoda Garrining to`yiga qizg`in tayyorgarlik ketmoqda

'Shahzoda Garrining to`yiga qizg`in tayyorgarlik ketmoqda'ning rasmi

Buyuk Britaniyada qirollik oilasi vakili shahzoda Garrining nikox to`yiga tayyorgarlik ishlari qizg`in tusga kirgan. To`y marosimi 19 may kuni bo`lib o`tadi. Mazkur mavzu tafsilotlari hozirgi sharhimizda.

Shahzoda Garri va uning amerikalik qallig`i Megan Markelning to`y marosimi Vinzdor qasrida bo`lib o`tadi. Poytaxt Londondan 30 km uzoqlikda joylashgan tarixiy Vinzdor qasrida xavfsizlik choralari ko`rilishi boshlandi. To`y marosimiga 100 mingdan ortiq mehmon ishtirok etishi kutilmoqda. Ular orasida siyosatchilar, diplomatik korpus vakillari, xorijiy tashkilotlar a`zolari va yuqori martabali mexmonlar bor. Shu sababli nafaqat binoda balki yaqin oradagi barcha hududlarda nazorat ishlari boshlangan. Shaxarga kirib chiqish, vokzallar va aeroportlarda xam xavfsizlik yuzasidan tekshiruvlar bo`lib o`tmoqda.

“Biz nafaqat to`yga keladigan mehmonlarni, balki shahrimiz aholisi va sayyohlar xavfsizligi uchun xam kerakli barcha choralarni ko`rmoqdamiz. Har qanday shubhali holat e`tiborimizdan chetda qolmaydi. To`y kuni esa shaharga kirib chiquvchi barcha yo`llar yopiladi”, dedi polisiya xodimi Endey Turner.

Hozirda qasr butunlay o`rab olingan bo`lib, yaqin atrofga ham portlovchi moddalarni aniqlovchi qurilmalar o`rnatilgan. To`y kuni Vindzor shaharchasiga minglab kuzatuv kameralari o`rnatiladi. Shuningdek, barcha joyda zobitlar va harbiylar qo`riqlash ishlarini olib borishadi. Qirollik oilasi so`ngi vaqtlarda yuz berayotgan terrorchilik hujumlaridan xavotirda ekanliklarini bildirishgan.

    Boshqa yangiliklar