AsosiyDunyo

Migel Dias-Kanel Kuba prezidenti etib saylandi

'Migel Dias-Kanel Kuba prezidenti etib saylandi'ning rasmi

Kuba parlamenti sobiq vise-prezident Migel Dias-Kanel mamlakat prezidenti etib saylangani rasman e`lon qilindi. U ushbu lavozim uchun yagona nomzod edi, deb xabar berdi Gazeta.ru nashri.

Kubaning yangi prezidenti Migel Dias Kanel ilk bayonotida mamlakat iqtisodiyotini moderenizasiya qilish zarurligi xaqida nutq so`zladi. U mamlakat tashqi siyosatida hech qanday murosaga bormasligini qayd etdi. Bu hozirda AQSh va Kuba o`rtasidagi beqaror munosabatlar bilan bog`liq. 58 yoshli prezident Kubani barcha sohada teng huquqli, deb hisoblagan davlatlar bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini ma`lum qildi. Ilk prezidentlik nutqi davomida Dias Kanel, Kastrolar evolyusiyasi yakunlangani ham ta`kidlagan.

1959 yildan buyon Kuba davlatiga Kastrolar oilasiga mansub shaxslar rahbarlik qilib kelgan. Raul Kastro 2016 yilda akasi Fidel Kastroning vafotidan so`ng mamlakat prezidentligi lavozimini egallagan edi. Migel Dias-Kanel esa Kastrolarga tegishli bo`lmagan ilk davlat rahbaridir.

Sobiq davlat rahbari Raul Kastroning prezident lavozimidan ketishi faqat ramziy xarakterga ega - u 2021 yilga qadar kommunistlar partiyasi rahbari bo`lib qolaveradi. Shuningdek, u davlat miqyosidagi yirik qarorlarni qabul qilish jarayonida ham ishtirok etadi. Ma`lumot o`rnida aytish mumkinki, mamlakat prezidentini fuqarolar Milliy assambleyasi - Kuba parlamentining 605 nafar a`zosi sayladi.

    Boshqa yangiliklar