AsosiyJamiyat

Farg`ona, Marg`ilon, Qo`qon shaharlari, Quva, Beshariq tumanlarida yangi bozorlar barpo etilmoqda

Davlatimiz rahbarining 2011 yil 15 noyabrda qabul qilingan “Farg`ona shahrining bosh rejasini amalga oshirish, 2012-2015 yillarda ijtimoiy va transport-kommunal infratuzilmasi ob`ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori asosida viloyat markazida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari jarayonida bozorlarni rekonstruksiya qilishga ham alohida e`tibor qaratilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Millmiy axborot agentligi rasmiy sayti xabar beradi.

Farg`ona shahar markaziy dehqon bozorida olib borilayotgan keng ko`lamli qurilish va bunyodkorlik ishlari tufayli bozor va uning atrofi butunlay yangicha qiyofa kasb etmoqda. Bozor hududi kengaytirilib, yangi savdo rastalari, pavilonlar, avtoulovlar to`xtash joyi va boshqa xizmat ko`rsatish majmualari qurilmoqda. Ayniqsa, yopiq meva pavilonida amalga oshirilgan rekonstruksiya va ta`mirlash ishlaridan sotuvchilar ham, xaridorlar ham mamnun.

336 savdo o`rniga ega majmuada 40 xususiy savdo do`koni, Milliy bankning maxsus kassasi mavjud. Bozor va savdo majmualari atrofini ta`mirlash ishlariga 400 million so`mdan ortiq mablag` sarflandi. Bozorlar va savdo majmualari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan bunday keng ko`lamli ishlar viloyatning barcha tumanlarida uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

Keyingi yillarda Farg`ona, Marg`ilon, Qo`qon shaharlari, Quva, Beshariq tumanlarida yangi bozorlar barpo etilib, sotuvchi va xaridorlar uchun barcha qulayliklar yaratilayapti. 

    Boshqa yangiliklar