AsosiyJamiyat

Ob-havo: yakshanba kuni harorat +30 darajagacha ko`tariladi

'Ob-havo: yakshanba kuni harorat +30 darajagacha ko`tariladi'ning rasmi

O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 22 aprel kuni Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +11 ... +13 daraja, kunduzi +27 ... +29 daraja issiq bo`ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`ishi mumkin. Havo harorati kechasi +7 ... +12 daraja, kunduzi +20 ... +25 daraja issiq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +10 ... +15 daraja, kunduzi +22 ... +27 daraja issiq bo`ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +10 ... +15 daraja, kunduzi +25 ... +30 daraja issiq bo`ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +13 ... +18 daraja, kunduzi +25 ... +30 daraja issiq bo`ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Farg`ona vodiysi viloyatlarida ham havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +7 ... +12 daraja, kunduzi +20 ... +25 daraja issiq bo`lishi kutilyapti. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog`li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +2 ... +7, kunduzi +12 ... +17 daraja iliq bo`ladi. Nurafshonda esa kechasi +10 ... +15, kunduzi +25 ... +30 daraja isishi mumkin. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

    Boshqa yangiliklar