1

Islom Karimov Farg`ona viloyatiga tashrif buyurdi

Jamiyat 27.06.2014, 09:57
Islom Karimov Farg`ona viloyatiga tashrif buyurdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida 26 iyun kuni Farg`ona viloyatiga keldi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Davlatimiz rahbari xalq deputatlari Farg`ona viloyati Kengashining 2012 yil 14 dekabr kuni bo`lib o`tgan navbatdan tashqari sessiyasida Farg`onani tom ma`noda go`zal va betakror shaharga aylantirish, aholi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish bo`yicha qator vazifalarni belgilab bergan. O`tgan qisqa vaqt mobaynida keng ko`lamli qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. 

Viloyat markazida ming o`rinli San`at saroyi qurib bitkazildi. Prezidentimiz mazkur San`at saroyida tomoshabinlar uchun yaratilgan qulayliklar bilan qiziqdi.

San`at saroyiga tutash hududda muhtasham sport koshonasi – Suv sporti majmuasi bunyod etilgan. Prezidentimiz bu erda mashg`ulot o`tayotgan bolalar bilan suhbatlashdi. Ularning o`qishi, kelajakdagi rejalari bilan qiziqdi. 

Farg`ona shahrining qiyofasi qisqa muddatda butunlay o`zgaribdi, dedi Yurtboshimiz.
Mamlakatimizda sportni, xususan, futbolni rivojlantirishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Farg`ona shahrida bunyod etilgan 20 ming o`rinli stadion mazkur yo`nalishdagi ishlarning izchil davomidir. Bu stadion o`zining noyob me`moriy va muhandislik echimi, betakror dizayni bilan Farg`ona ko`rkiga ko`rk qo`shmoqda. 

Davlatimiz rahbari ushbu stadionni borib ko`rdi. 

Prezidentimiz stadionda sportchilar, tomoshabinlar uchun qulay shart-sharoit yaratish, yosh sportchilar, xususan, futbolchilar tarbiyalashga e`tiborni yanada kuchaytirish zarurligini ta`kidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1