Krasnodar o`lkasidagi AYoQShlardan birida kuchli portlash yuz berdi, deya xabar qilmoqda Tvzvezda.ru nashri.
Egasiz qoldirilgan fura avtomobili AYoQSh hududiga g`ildirab kelib gaz to`ldirilgan sisternaga uriladi. To`qnashuvdan so`ng mashina to`xtaydi, 40 soniyacha hech nima sodir bo`lmaydi. Keyin esa katta masshtabdagi portlash yuz beradi.
Portlashdan so`ng esa yong`in sodir bo`ldi. Qutqaruvchilar va o`t o`chiruvchilar 200 kvadrat metrni egallagan “tilsiz yov”ni bartaraf etishdi. Jabr ko`rganlar yoki halok bo`lganlar kuzatilmadi.






