AsosiyJamiyat

Saudiya fondi O`zbekistondagi muhim loyihani qo`llab quvvatladi

Saudiya taraqqiyot fondi O`zbekistonning suv ta`minoti sohasidagi loyihani qo`llab quvvatladi va u uchun  70 million Saudiya riyali (13,3 million AQSh dollari) miqdoridagi mablag`ni ajratdi. Bu haqda Gazeta.uz xabar beradi.

Loyiha borasidagi kelishuv shu yilning 25 iyun kuni Jiddada Saudiya Arabistoni moliya vaziri Ibrohim ibn Abdulaziz al Assaf va O`zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiya va savdo vaziri Elyor G`aniev o`rtasida imzolandi.

    Boshqa yangiliklar