1

O`zbekistonda Kanadaning yangi elchisi tayinlandi

Jamiyat 27.06.2014, 12:05
O`zbekistonda Kanadaning yangi elchisi tayinlandi

2014 yil 26 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Kanadaning yangi tayinlangan O`zbekistondagi Favqulotda va Muxtor elchisi Jon Ronald Kyor bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda mfa.uz xabar beradi.

Bu Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar beradi. Elchi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti uchun ishonch yorlig`ini topshirdi.

Suhbat davomida o`zbek-kanada munosabatlariga oid kun tartibida turgan masalalar muhokama etildi. Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o`zaro hamkorlikni rivojlantirish borasida fikr almashdilar.

Har ikki tomon muntazam ravishda siyosiy masalahtlashuvlarni o`tkazib turishi, parlamentlararo aloqalarning mustahkamlanishi, mintaqalar va shaharlarning to`g`ridan-to`g`ri aloqlarining o`rnatilishi, oliy o`quv yurtlari, madaniy muassasalar, turizm tashkilotlari o`rtasidagi aloqlarning o`rnatilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1