AsosiySport

Dzyudo bo`yicha O`zbekiston chempionlari aniqlandi

'Dzyudo bo`yicha O`zbekiston chempionlari aniqlandi'ning rasmi

Poytaxtimizda dzyudo bo`yicha kattalar o`rtasida O`zbekiston chempionati o`tkazildi.

Chempionatdan ko`zlangan maqsad terma jamoaga iste`dodli dzyudochilarni sarab olish, buning samarasida kelgusida bo`lib o`tadigan nufuzli musobaqalarda munosib ishtirok etishdir.

Chempionatning erkaklar o`rtasidagi bahslarda Rahmon Jumaev, Sardor Nurillaev, Hikmatullo To`raev, Sharofiddin Boltaboev, Shahzod Sobirov, Muhammadkarim Hurramov, Bekmurod Oltiboev barcha raqiblarini engib o`z vazn toifalarida birinchi o`rinni qo`lga kiritdi.

Xotin-qizlar o`rtasidagi bellashuvlarda Kumush Kuryazova, Diyora Keldiyorova, Amangul Allanazarova, Gulnoza Ziyoeva, Shohista Nazarova, Nodira Yuldasheva, Rinata Ilmatova oltin medalni qo`lga kiritdi.

    Boshqa yangiliklar