1

BMT: Jahonda yadroquroldan foydalanish tahdidi kuchaymoqda

Dunyo 23.04.2018, 18:05
BMT: Jahonda yadroquroldan foydalanish tahdidi kuchaymoqda

Qurolsizlanish masalalari bo`yicha BMT vakili Izumi Nakamitsu yadroqurolni tarqatmaslik shartnomasi-2020 ning Jenevada o`tkazilgan ikkinchi tayyorgarlik anjumanida jahonda yadroquroldan foydalanish tahdidi kuchayayotganini ma`lum qildi.

“Jahondagi geosiyosiy vaziyat yomonlashayotgani oqibatida kollektiv xavfsizlik shartnomalari buzilmoqda. Natijada yadroqurolni qo`llash bo`yicha xalqaro va boshqa darajada ham tahdid kuchaymoqda. Bu tahdid butun insoniyatga daxldor bo`lib, toki milliy arsenallarda yadroqurol mavjud ekan, u tahdidligicha qolaveradi” degan u.
Izumi Nakamitsuning fikricha, davlatlarning yadroviy dasturlari modernizasiya qilinishi ham dunyodagi “yadroqurollanish poygasi”ga sabab bo`lmoqda.

Uning qayd etishicha, bundan buyon yadroqurolni nazorat qilish va yadroqurolsizlanish borasida xalqaro muzokaralar davom etsada, yaqinda insoniyat yadro arsenallarini yaratish va qo`llash bo`yicha chegaralarni yo`qotib qo`yadi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish SVT telekanaliga bergan intervyusida bugun dunyo yana sovuq urush iskanjasida ekanligi, bir vaqtlardagidek AQSh va Rossiya uni boshqara olmayotgani haqida so`zlab, Xavfsizlik Kengashi bugungi holati bilan xalqaro muammolarga echim topishda ilojsizligiga iqror bo`lgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1