AQSh oliy sudi mamlakat prezidenti Barak Obama vakolatini cheklab qo`ydi.
Sud qaroriga ko`ra, agarda Oq uy va AQSh Senati har xil partiyalar tomonidan boshqarilsa, parlament ta`tili davrida prezident shaxslarni yuqori lavozimga tayinlay olmaydi.
Bunga sabab AQSh prezidentining senat bilan kelishmovchiligi bo`ldi. Senatlarning biri prezidentni 2013 yilning yanvar oyida mehnat masalalari bo`yicha milliy boshqaruviga 3 nafar yangi shaxsni tayinlashga haqqi yo`q bo`lganini ma`lum qilgan.
“U konstitusiya tomonidan berilgan prezident vakolatidan foydalanib, senat ta`tili vaqtida bo`sh qoladigan o`ringa yangi shaxsni tayinladi”,-deya ma`lum qildi senat. Ammo, respublikachilar o`sha davrda ta`tilda bo`lmaganliklarini qayd etishmoqda, deya xabar beradi “Vesti.ru”.
Oliy sud esa shaxs lavozimga tayinlangan davrda AQSh senati ta`tilda bo`lmagan va kongressning ikalla palatasi qachon ta`tilga chiqishini o`zlari hal qilishi kerak deb topdi. Sudning ushbu qaroriga ko`ra, senat endi palatalar ta`tili davrida prezidentga o`zgartirish kiritishiga halaqit qilishi mumkin. Ushbu uslub, ya`ni bir partiya ta`tilda bo`lgan davrdan foydalanib o`zgartirishlar kiritish so`nggi yillarda ikkala partiyalar tomonidan ko`p bora kuzatilgan edi.
Ammo, prezident partiyasi ta`tilda bo`lgan vaqtda ikkinchi partiya o`zgartirish kirita oladimi yo`qmi, buni sud hal qiladi.