1

Prezidentlarni kutib olish uchun Urganch ko`chalariga minglab odamlar chiqdi (foto)

Siyosat 24.04.2018, 12:20
Prezidentlarni kutib olish uchun Urganch ko`chalariga minglab odamlar chiqdi (foto)

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 24 aprel kuni Xorazm viloyatiga keldi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Davlatimiz rahbari Urganch xalqaro aeroportida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni kutib oldi.


Xorazmda ushbu tashrifga katta tayyorgarlik ko`rilgan. Prezidentlarni kutib olish uchun Urganch xalqaro aeroporti va ko`chalarga minglab odamlar chiqqan.

Tashrif dasturidan bir qator madaniy tadbirlar o`rin olgan. Davlat rahbarlarining Urganch tumanidagi “Ulli hovli”, Xiva shahridagi “Ichan qal`a” va Nurillaboy tarixiy majmualarni borib ko`rishi, Xorazm viloyati drama teatrida O`zbekiston – Turkmaniston san`at ustalarining konsert dasturida ishtirok etishi rejalashtirilgan.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1