18 yoshga etmagan O`zbekiston fuqarolarining MDH mamlakatlariga chiqish tartibi belgilandi

Jamiyat 27.06.2014, 23:56
18 yoshga etmagan O`zbekiston fuqarolarining MDH mamlakatlariga chiqish tartibi belgilandi

Muvaqqat Yo`riqnomaga muvofiq 18 yoshga etmagan O`zbekiston fuqarolarining MDH davlatlari (Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Qozog`iston, Qirg`iziston)ga chiqishining quydagi tartibi belgilandi. Bu haqda uz24.uz sayti xabar beradi.

Belgilangan tartib quyidagicha:

  • O`zbekiston Respublikasining 18 yoshga etmagan fuqarosi MDH davlatlariga kattalar hamrohligida chiqishi uchun uning biometrik pasporti bo`lishi va voyaga etmagan shaxsning bu biometrik pasportidagi ruxsat beruvchi yozuvda katta yoshli kuzatib boruvchi ko`rsatilgan bo`lishi lozim;
  • O`zbekiston Respublikasining 18 yoshga etmagan fuqarosi MDH davlatlariga kattalar hamrohligida chiqishi uchun uning biometrik pasporti va ota-onasi yoki vasiylarining (homiylarining) notarial tasdiqlangan roziligi bo`lishi kerak. Bunda vasiylar (homiylar) biometrik pasport bilan birga hokimning vasiylik (homiylik) tayinlanganligi haqidagi qarorini ham taqdim etadilar;
  • O`zbekiston Respublikasining 18 yoshga etmagan fuqarosi MDH davlatlariga onasi hamrohligida chiqishi uchun uning biometrik pasporti va otasining notarial tasdiqlangan roziligi bo`lishi kerak;
  • O`zbekiston Respublikasining 18 yoshga etmagan fuqarosi MDH davlatlariga otasi hamrohligida chiqishi uchun uning biometrik pasporti va onasining notarial tasdiqlangan roziligi bo`lishi shart;
  • O`zbekiston Respublikasining 18 yoshga etmagan fuqarosi MDH davlatlariga hech kimning kuzatuvisiz chiqishi uchun uning biometrik pasporti va ota-onasi yoki vasiylarining (homiylarining) «O`zbekiston havo yo`llari» Milliy aviakompaniyasiga notarial tasdiqlangan roziligi bo`lishi kerak;
  • O`zbekiston Respublikasining 15 dan 18 yoshgacha bo`lgan fuqarosi MDH davlatlariga hech kimning kuzatuvisiz chiqishi uchun uning biometrik pasporti va ota-onasi yoki vasiylarining (homiylarining) voyaga etmagan shaxsning mustaqil ravishda ketishi uchun notarial tasdiqlangan roziligi bo`lishi kerak.


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1