1

Shavkat Mirziyoev va Gurbanguli Berdimuhamedov “Ulli hovli” majmuasida bo`ldi (foto)

Siyosat 24.04.2018, 15:50
Shavkat Mirziyoev va Gurbanguli Berdimuhamedov “Ulli hovli” majmuasida bo`ldi (foto)

O`zbeklar va turkmanlar qadimdan yonma-yon, hamjihat yashab kelgan. Xiva xonligi davrida turkmanlar uchun qishloqlar, uy-joylar barpo etilgan. Urganch tumanidagi “Ulli hovli” majmuasi ana shunday tarixiy obidalardan biridir.

O`n ettinchi asrda qurilgan majmuada qadimiy hovlilar, turkman madaniyatiga oid osori-atiqalar, ularni o`rab turgan qo`rg`on saqlanib qolgan.

Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan bu erda ta`mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Yigirma o`rinli mexmonxona qurildi. Turkman o`tovlari o`rnatildi. Sayyohlik va ziyorat turizmi uchun barcha sharoit yaratildi.

O`zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari “Ulli hovli”ni tomosha qildi.

Shu erda o`zbek va turkman mumtoz qo`shiqlaridan namunalar ijro etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1