1

Yurtimizda "Xitoy kinosi kunlari" o`tkazilmoqda

Madaniyat 25.04.2018, 14:23
Yurtimizda "Xitoy kinosi kunlari" o`tkazilmoqda

Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida Xitoy kinosi kunlarining ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Unda Xitoy Xalq Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasi, Xitoy milliy madaniy markazi vakillari, XXRdan tashrif buyurgan mehmonlar, kino sohasi ijodkorlari, kinoshunoslar, jurnalistlar ishtirok etdi.

Toshkent va Samarqand shaharlarida bo`lib o`tadigan tadbirdan ko`zlangan asosiy maqsad – ikki mamlakat o`rtasidagi filmlar almashinuvini tashkil etish, O`zbekiston va Xitoy kinoijodkorlarini jalb etgan holda, qo`shma filmlar suratga olish, multiplikasiya sohasida hamkorlik qilishdir. Shuningdek, Xitoyda ham o`zbek kinosi kunlarini o`tkazish va u erdagi nufuzli xalqaro kinofestivallarda o`zbek filmlarining ishtiroki uchun shart-sharoit yaratishdan iborat.

– Yurtimizda Xitoy kinosi kunlari bo`layotgan ayni vaqtda, Qozog`istonda o`zbek kinosi kunlari davom etmoqda, – deydi hujjatli filmlar kinostudiyasi direktori Bahodir Odilov. – Unda taniqli rejissyorlarimiz tomonidan suratga olingan, tomoshabin olqishini qozongan, eng sara filmlar namoyish qilinayotir. Kino san`ati rivoji uchun bu kabi amaliy, do`stona harakatlar g`oyatda muhim ahamiyatga ega.

O`zbekistonlik kino ixlosmandlari uchun xitoylik kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan "Pul yo`lda yugurmoqda" va "Yangi uzilgan gullar" filmlari namoyish etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1