Iste`molchilar suvning kuchsiz bosimi, issiq suvning past xarorati, elektr energiyasi va gazni ogohlantirishlarsiz uzib qo`yilishi, oqava suv muammosi yoki chiqindilarni o`z vaqtida olib ketilmasligi sangari xolatlar yuzasidan shikoyatlarini endilikda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborish imkoniyatiga ega bo`ldilar.
Murojaatlar O`zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi va uning quyi tashkilotlari tomonidan o`z vaqtida va sifatli ko`rib chiqiladi.
Arizachilar shikoyatlarni ko`rib chiqish sifatini baholash hamda uz fikr-mulohazalarini qoldirishlari mumkin. Ushbu imkoniyat kelgusida davlat tashkilotlari faoliyatining takomillashishiga, shikoyatlarni ko`rib chiqishda ishtirok etgan hamda kelib tushgan arizalarga yuzaki e`tibor qaratgan mas`ul hodimlar ustidan chora ko`rilishiga yordam beradi.
Prezidentimizning 2014 yil 15 apreldagi ''Tadbirkorlik faoliyatini yo`lga qo`yish va davlat xizmatlarini ko`rsatish bilan bog`liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarori ijrosini ta`minlash maqsadida mazkur xizmat turi yo`lga qo`yildi, deya xabar beradi gov.uz.