1

“Marvarid” bolalari Turkiyada olqishlanmoqda

Madaniyat 25.04.2018, 17:40
“Marvarid” bolalari Turkiyada olqishlanmoqda

Shu kunlarda “Marvarid” bolalar studiyasi Turkiyada bo`lib o`tayotgan xalqaro bolalar festivalida ishtirok etmoqda. Ular o`zbek milliy san`atini dunyoning 40 dan ziyod mamlakatidan kelgan ishtirokchilar e`tiboriga havola etishni maqsad qilgan.

Turkiya Teleradiokompaniyasi tomonidan bu yil qirqinchi bor tashkil etilgan bu festival Turkiyada milliy mustaqillik va bolalar bayrami arafasida o`tkazilishi an`anaga aylangan.

Dunyoga mashhur Bursa shahrida o`tayotgan festival doirasida ishtirokchilar shaharning e`tiborga molik tarixiy obidalarini, ziyoratgohlarni borib ko`rishi rejalashtirilgan.

“Marvarid” bolalar studiyasi jajji san`atkorlari o`zbek milliy kiyimlar bilan ijro etilgan raqslari orqali ishtirokchilar olqishiga sazovor bo`lishdi. Ular 27 aprel kuni yurtimizga qaytib kelishadi.

photo5402443588895353019.jpg

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1